insurez
29-05-2025 18:06

DZYUDO BO‘YICHA OSIYO CHEMPIONATI YAKUNLANDI


Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Cadet and Junior Asian Cup" musobaqasi o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tumandoshimiz Javohir Sadinovning ushbu nufuzli turnirdagi yuqori natijasi ortidan yana bir pastdarg‘omlik sportchi, Ibrohim Nurullayev -100 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Biz tumandoshimizni yuksak natija bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!

Musobaqaning so‘nggi kuni ham yosh dzyudochilarimiz uchun qator yutuqlarni olib kelgani, tumanimizda dzyudo sportining rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Teglar
- -