insurez
31-05-2025 18:22

DXX KUBOGINING TUMAN BOSQICHI O‘YINLARI YAKUNLANDI


Pastdarg‘om tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yosh yigit va qizlar o’rtasida sportning futbol va mini futbol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalari yakunlandi.

Natijalarga ko‘ra, sportning katta futbol turi bo‘yicha

 1-o‘rin — Gulobod MFY jamoasiga
 2-o‘rin — Tozqulton MFY jamoasiga
 3-o‘rin — O‘tarchi MFY jamoasiga nasib etdi.

Mini futbol turi bo‘yicha tuman bosqichining 16-30 yosh qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarida esa,

 1-o‘rin — Chimboy MFY jamoasiga
 2-o‘rin — Kichik Naymancha MFY jamoasiga
 3-o‘rin — Guliston MFY jamoasiga nasib etdi.

Mini futbol bo‘yicha o'g'il bolalar o‘rtasida bo'lsa

1 - o'rinni — To'qboy MFY jamoasi
2 - o'rinni — Iskandari MFY jamoasi 
3 - o'rinni — Xovuzak MFY jamoasi qo'lga kiritdi.

Juma shahridagi Yoshlar bog'ida bo'lib o'tgan tantanali taqdirlansh marosimida tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori va DXX mas'ullari ishtirok etib, musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallagan jamoalarga qimmatbaho sovgʻalar, medallar, kubok hamda diplomlarni topshirdi.

Shuningdek, bellashuvlarda faol ishtirok etgan yoshlarga, musobaqalarni tashkil etish va o'tkazishda masʼuliyat hamda haqqoniylik bilan ish olib borgan barcha mutasaddilarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Bu kabi turnirlar yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishda, sog‘lom turmush tarziga yo'naltirishda va yangi iqtidorlarni kashf etishda muhim o‘rin tutishi taʼkidlandi.

Teglar
- -