insurez
28-07-2025 17:43

"DOLZARB 90 KUN" TADBIRLARI DOIRASIDA


Pastdarg‘om tumanida yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” amaliyoti doirasida keng ko‘lamli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Maktabda futbol, yengil atletika, kurash, boks, stol tennisi, taekvondo, shaxmat va suzish kabi sport turlari bo‘yicha sport to‘garaklari faoliyat ko'rsatib, ularga turli yoshdagi o‘quvchilar muntazam ravishda jalb etib borilyapti.

Yozgi ta’tilni sermazmun o‘tkazish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida maktabda turli musobaqalar, sport bellashuvlari va ko‘rik-tanlovlar ham o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlar orqali o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik va jamoaviylik tuyg‘usini mustahkamlash, musobaqalashuv muhiti yaratish, eng muhimi esa, ularning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Teglar
- -