DIQQAT! HURMATLI PASTDARG'OMLIKLAR!
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Pastdarg'om tuman aholisi uchun yurak qon tomir kasalliklarining oldini olish va nogironlikka olib keluvchi yurak ishemik kasalliklari, miokard infarkti, stenokardiya kasalliklarini barvaq aniqlash davolash va sog'lomlashtirish chora-tadbirlarini olib borish maqsadida, MOBIL ANGIOGRAF maxsus avtomashinasida KORONOROGRAFIYA tekshiruvlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.
4-avgust kunidan boshlab bir oy davom etadigan mazkur KORONOROGRAFIYA tekshiruvlariga Toshkent Milliy Tibbiyot markazidan Kardiolog va endovaskulyar xirurg mutaxassislar jalb etilgan bo'lib, butun oy davomida fuqarolar
1.ЭKG,
2.ЭхоKG,
3.Kardiolog koʻrigi,
4.Laborator tekshiruvlar ( OIV, virusli gepatit B va C turiga, sifilis kasalligiga va bioximik tekshiruvlar)dan o'tkaziladi.
Tibbiy ko'riklar:
-Nogironligi boʻlgan shaxslar,
-Yoshga doir nafaqadagi shaxslar,
-Chernobil AES Ishtirokchilari,
-Front va front ortida xizmat qilganlar,
-Afgʻon urushi qatnashchilari,
-Ijtimoiy himoya yagona restriga kirgan fuqarolar uchun mutlaqo bepul.
Ma'lumot uchun, buyrak yetishmovchiligi borlar, gemmoragik insult olgan bemorlar va yodga allergiyasi borlarga aks ta'sir etishi bois, Mobil Angiograf tekshiruvlarni o'tkazish mumkin emas.