DILSHODAXON SHARAFIGA UNIVERSAL SPORT MAYDONCHASI BARPO ETILDI
“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan chempionlar sharafiga, ular istiqomat qiluvchi mahallalarda Sport Vazirligi tomonidan sport inshootlari qurib berilishi hech birimizga sir emas.
Ushbu musobaqaning 2024-yilgi mavsumida Pastdarg‘om tumani Oq oltin mahallasida yashovchi Dilshoda Isroilova sportning milliy kurash turi bo‘yicha o'z vazn toifasida mutloq g'olib bo'lib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Ushbu yutuq munosabati bilan chempionning mahallasida joylashgan 51-maktab hududida universal sport maydonchasi barpo etildi va foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida nuroniylar, yoshlar, mahalla faollari va sportchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida taʼkidlanganidek, ushbu maydoncha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda kelajakda mahalladan yangi chempionlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.