DEPUTATLAR YASHIL MAKONGA HISSA QO‘SHDI
Pastdarg‘om tumanidagi barcha hududlarda "Yashil makon" loyihasi asosida ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda.
Bu kabi ezgu ishlarga korxona-tashkilotlar masʼullari, mahalla xodimlari, faollar va aholi vakillari birdek hissa qo‘shib borayotir.
Bu galgi ko‘chatlar esa, deputatlar tomonidan o‘tqazildi.
Gap shundaki, bugun Eski Juma mahallasidagi bo‘sh turgan yer maydoniga Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga saylangan deputatlar hamda tuman Kengashi deputatlari hamkorligida 300 tupdan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
O‘zimiz yashayotgan hududni yashil makonga aylantirishda barchamiz faol bo‘laylik.