DASTURLAR IJROSI AMALDA
Yurtboshimizning 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330 sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” manzilli dasturiga asosan Pastdarg‘om tumanida mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ushbu qaror bo‘yicha 6 ta mahallada jami 52 kilometr 520 metr 0.4-6-10 kV o‘lchamli havo elektr tarmoqlari tortilishi, 11 dona transformator punktlari o‘rnatilishi va 985 dona temir-beton ustunlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda bu boradagi ishlar qizg‘in davom etmoqda.
Mazkur fotolavhalarda Jaul Qosim hamda Paxtachi mahallalarida jadal suratda davom etayotgan ish jarayoni hamda olib borayotgan ishlarni ko‘zdan kechirayotgan masʼullarning o‘rganishlari aks etgan.