insurez
16-05-2025 12:52

DALALARDAN XABARLAR...


Ayni kunlarda tumanimizdagi ekin maydonlarida ishlar qizg‘in tus olgan.

Ayniqsa, paxta dalalarida g‘o‘za nihollarini parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish ishlari jadal suratda davom etmoqda.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori va tegishli o‘rinbosari hamrohligida ekin maydonlari bo‘ylab, joylarda bu borada olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish olib borilyapti.

Bunda, paxta yetishtirish ishlari, g‘o‘za nihollari holati, amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar jarayoni bilan tanishish barobarida, ekinlarni to‘g‘ri oziqlantirish, o‘g‘itlash, sug‘orish va kultivatsiyalash jarayonida ehtiyotkorlik bilan ish olib borish yuzasidan tavsiya, ko‘rsatmalar berilmoqda.

O‘rganishlar davomida yaqinlashib kelayotgan g‘alla yig‘im-terimi mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilib, o‘rim kombaynlarining shaylik holati ko‘zdan kechirilyapti.

Shuningdek, ushbu mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozimligi taʼkidlanib, ushbu xususidagi aniq vazifa va maqsadlar belgilanmoqda.

Teglar
- -