CHORVACHILIK VA BALIQCHILIK QISHLOQ XO‘JALIGINING MUHIM TARMOQLARI
Tumandagi 71 ta chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida 9 642 bosh chorva mollari parvarishlanayotgan bo‘lib, ushbu fermer xo‘jaliklari uchun 2 347 gektar yer maydonlari ajratilgan.
Shuningdek, 14 ta fermer xo‘jaliklari va 21 tasi xususiy korxonalar baliqchilik yo‘nalishida faoliyat olib boradi.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman IIB boshlig‘i, tuman prokurori o'rinbosari, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari, chorvachilik hamda baliqchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bunda, fermer xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirish, go‘sht mahsulotlari yetkazib berish hajmini yanada oshirish, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish, sohani rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqish lozimligi taʼkidlanib, bu borada fermerlarga barcha qonun doirasidagi yordamlar ko‘rsatilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, faoliyatini kengaytirmayotgan, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamayotgan va rivojlantirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan fermer xo‘jaliklariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi mumkinligi tushuntirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, bu boradagi aniq vazifalar belgilab olindi.