insurez
03-03-2025 15:50

CHIMBOYLIK YOSHLAR VA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV


Tuman hokimi Sh.Rahmonov Chimboy mahallasida faol fuqarolar, yoshlar va probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan masalalar hamda mahallada olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Dastlab, mahalla ahli bilan tomorqadan unumli foydalanish, ichki suv yo‘llarini qazish va betonlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, soliq hamda kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash masalalari bo‘yicha suhbat o‘tkazib, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.

Shuningdek mahalla hududini, qabristonlarni obod qilish masalasi ilgari surildi va yosh avlodning taʼlim-tarbiyasi hamda taʼlim dargohlarining holatiga ham befarq bo‘lmaslik lozimligi taʼkidlandi.

Fuqarolar tomonidan gaz ballonlari ta'minoti, temir-beton ustunlari, tomorqa uchun suv keltirish kabi qilingan murojaatlar tegishli tartibda ro'yxatga olinib ijrosini ta'minlash maqsadida mutasaddilarga yo'naltirildi.

Mahalla yettiligi va tegishli masʼullarga keng qamrovdagi obodonlashtirish, qabristonlarni tartibga keltirish, to‘qsonbosti ekinlarini ekish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, bu kabi ishlarda barcha birdek faol bo‘lishi lozimligi taʼkidlandi.

Teglar
- -