CHIGIT EKISH JARAYONI O‘RGANILDI
Maʼlumki, hozirda tumanimizda chigit ekish ishlari davom etayotgan bo‘lib ayni kunlarda ushbu jarayon qizg‘in tus olgan.
Umuman tumanda 2025-yil paxta hosili uchun 13 095 gektar yer maydoniga chigit ekib parvarishlanishi maqsad qilingan.
Shundan, 3000 gektariga tajribadan o‘tgan Xinlu Zao-78 hamda Xinlu Zao-57 kabi xorijiy navlarini yetishtirish rejalashtirilgan.
Bir qator fermer xo‘jaliklarida bo‘lsa, g‘o‘za urug‘lari xitoy uslubida yerga qadalmoqda.
Bosh prokuror o‘rinbosari Jahongir Hatamov Pastdarg‘om tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimi Sh.Rahmonov, tuman prokurori J.Yuldashev va tegishli masʼullar hamrohligida Zarafshon MMTP hududidagi Tepa fermer xo‘jaligidagi xitoy uslubida chigit ekilgan ekin maydonida bo‘ldi.
Tashrif davomida yerga chigit qadash ishlarini jadallashtirish, sifatli holatda olib borish hamda o‘z muddatida yakunlash bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.