CHEMPIONLIK MUBORAK XUSHNUDBEK
Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati start olgani haqida xabar bergan edik.
Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqaning ilk kunidayoq 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritgandi.
Pastdarg‘om tumani Ilm mahallasida yashovchi Xushnud Burxonov ham ushbu chempionlar qatorida ekani barchamizga faxr baxsh etdi.
Bugun Ilm mahallasida sportchimizni kutib olish marosimi bo‘ldi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari sportchini tabriklab, tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.