insurez
15-02-2025 13:07

BUYUK MUTAFAKKIRLARIMIZGA IZDOSHMIZ


Pastdarg‘om tuman hokimligi tashabbusi bilan tegishli tashkilotlar hamkorligida hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi sharafiga "Buyuk mutafakkirlarimizga izdoshmiz!" shiori ostida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

Ikki buyuk alloma hayoti va ijodiga bag‘ishlab tashkillashtirilgan ushbu tanlov ikki bosqichda yaʼni, sektor va tuman bosqichlarida tashkil etilgan bo‘lib, unda tumanimizdagi iqtidorli o‘quvchilar “Buyuklarga ehtirom!”, “Nazmida navoman”, “Bobur – buyuk qalb sohibi” kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan ishtirokchilarga tuman hokimligining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -