insurez
27-05-2025 17:48

BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORATDA


Xabaringiz bor, ayni paytda tegishli dastur asosida 6 milliard 600 million so‘m mablag‘ evaziga, tuman tibbiyot birlashmasining Charxin filiali terapiya va bolalar bo‘limini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori va tuman IIB boshlig‘i hamrohligida ushbu loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, qurilish ishlarini yanada jadallashtirish, barcha talab va xavfsizlik meʼyorlari hamda shaharsozlik tamoyillariga amal qilish, bunyodkorlik ishlarini belgilangan muddatda, sifatli holatda yakunlash borasida tavsiya, ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, ushbu hududdagi foydalanilmasdan bo‘sh turgan inshootni taʼmirlab, “hushyorxona” tashkil etish masalasi ham ilgari surildi.

Tegishli masʼullar bilan bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishilib, aniq vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -