insurez
30-05-2025 18:13

BUGUN TO‘G‘RI QILINGAN MEHNAT ERTANGI MO‘L HOSIL GAROVI


Uzunligi 42 kilometr bo‘lgan Progress kanali tumanimizdagi 8 409 gektar ekin maydoni uchun suv yetkazib beradi.

Eski Anhor kanalining umumiy masofasi 45 kilometrdan ortiq bo‘lib, tumanimizning 7 295 gektar yer maydoni aynan mazkur kanal orqali sug‘oriladi.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman IIB boshlig‘i, tegishli o‘rinbosar, "Suv yetkazib berish" DM rahbari va soha mutasaddilari hamrohligida sug‘orish tizimi, ekin maydonlariga suv haydash jarayoni bilan tanishdi.

Bunda, suv limitlari, to‘g‘ri taqsimlanishi, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmasligi, yo‘qotish (poteriya)ni kamaytirish, bu aziz neʼmatni isrof qilmasdan oqilona foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, “A.Salimov” MMTPdagi Amirqul bobo, Zafar, Jarqo‘ton fermer xo‘jaliklari hamda “O.Boboyev” MMTPga qarashli Sarbon NE kabi yana bir qator fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlarida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, g‘alla mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama etildi hamda bu borada fermerlarning muammo va takliflari o‘rganildi.

Shuningdek, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, sug‘orish, o‘g‘itlash va kultivatsiya jarayonini belgilangan tartibda amalga oshirish xususida tavsiya ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -