BOZORLAR YANADA QULAY BO‘LISHI LOZIM
Tuman hokimi Sh.Rahmonov sektor rahbarlari va masʼul tashkilotlar hamrohligida tumanimizdagi bozorlarda bo‘lib ularning bugungi holati bilan tanishdi.
Dastlab, "Pastdarg‘om meva-sabzavot" MCHJda sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan sharoitlar, bozorning sanitariya holati, olib borilgan obodonchilik ishlari hamda bu borada berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Shu kabi, "Pastdarg‘om buyum savdo" MCHJga tashrif chog‘ida bo‘lsa, undagi savdo rastalari hamda do‘konlarning joylashuvi va ozodaligi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinayotganligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, tegishli mutasaddilar bilan bozorlar infratuzilmasini yana-da yaxshilash, ularni aholi foydalanishi uchun qulay, zamonaviy holatga keltirgan holda xaridorlar hajmini oshirish, unga olib boruvchi yo‘llarda harakatni qulay bo‘lishi uchun zarur choralarni ko‘rish, obodonchilik va tozaligini saqlash kabi bir qator masalalar xususida muhokama o‘tkazildi.
O‘tgan galgi tashrif davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan masʼullarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida "Juma ABB" avtoshohbekatida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar bilan yo‘l qoidalariga rioya qilish, avtomashinalar va piyodalar harakati uchun qulaylik yaratish kabi masalalar borasida suhbatlashildi.