insurez
09-02-2026 18:18

BOZOR AHOLIGA HAR TOMONLAMA QULAY BO‘LISHI LOZIM


Tuman hokimi J.Pardayev prokuror, IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari, IJQK Departamenti masʼuli va boshqa tegishli mutasaddilar hamrohligida tumanimizdagi bozorlar holati bilan tanishdi.

Jumladan, "Pastdarg‘om meva-sabzavot" MCHJ va "Pastdarg‘om buyum-savdo" bozorlari, "Davlatbek savdo majmuasi" kabi savdo markazlaridagi savdo rastalari holati, joylashuvi, xaridorlar va sotuvchilarga yaratilgan qulayliklar, sanitariya talablariga rioya etilishi, bu yerdagi tartib intizom, “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish, savdo xodimlarining noqonuniy qurilmalar qurilishini oldini olish kabi holatlari bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

Shuningdek, mazkur hududda aholiga qulaylik yaratish, mahsulotlar sifati, narx-navo barqarorligi, yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi o‘rganilib, bu bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -