insurez
21-05-2025 14:05

BO'SH TURGAN BINOLARDAN SAMARALI FOYDALANISH LOZIM


Ma'lumki, Pastdarg‘om tumanidagi foydalanilmasdan turgan obyektlar, bo‘sh turgan binolar va kam quvvatda ishlayotgan korxonalar faoliyatini yaxshilash maqsadida, "Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha" Shtab tashkil etilgan va bu borada tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.

Hozirda Shtab aʼzolarining hududlardagi bo'sh turgan yoki kam quvvatda ishlayotgan obyektlarning faoliyatini o’rganish ishlari davom etmoqda.

Bugun tuman hokimi Sh.Rahmonov shtab aʼzolari va tegishli masʼullar hamrohligida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan navbatdagi muhokamani o‘tkazdi.

Muhokamada, o'rganilayotgan har bir korxonaning loyihalari va maqsadlari bilan tanishish barobarida, muammo, takliflari hamda ularning yechimlari xususida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, Kamolot mahallasida joylashgan tashabbuskor F.Hasanov tomonidan ekoturizm maskani loyihasi tashkil etish rejalashtirilgan ammo hozirga qadar foydalanilmasdan turgan 0,75 gektar yer maydoni va binolar ko'zdan kechirilib, loyihani ishga tushirish borasidagi muammo va takliflar o'rganildi.

"Max 123" OKga qarashli bo'sh turgan bino hamda yer maydonlarida olib borilgan o'rganishlarda ham yangi loyihalarni ishga tushirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Bu kabi o'rganishlar hudud bo'ylab davom etadi.

Teglar
- -