insurez
10-06-2025 17:54

BOLALAR YOZGI OROMGOHGA YO‘L OLDI


Taʼlim dargohlarida joriy o‘quv yili yakunlanib, yozgi taʼtil boshlangan.

Farzandlarimiz ushbu taʼtilni sermazmun o‘tkazishlari uchun biz kattalar ularga yetarlicha sharoit yaratishimiz zarur.

Ular uchun eng qulay hamda maqbul joy esa, yozgi oromgohlar bo‘lib, bunda bolalar yangi do‘stlar orttiradi, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda vaqtini judayam chog‘ o‘tkazadi.

Bugun pastdarg‘omlik 130 nafar o‘g‘il-qizlar maroqli hordiq chiqarishlari uchun Samarqand tumanidagi “Yosh astronomlar” oromgohiga jo‘natildi.

Maxsus avtobusda yo‘lga otlangan bolalarga tuman hokimligi, kuzatuvchilar hamda maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mutasaddilari oq yo‘l tilashdi.

Teglar
- -