insurez
03-06-2025 18:36

BO‘LAJAK YОSН OILALAR UCHUN O‘QUV MASHG‘ULOTI


Oila - bu har bir inson uchun saodat, baxt, orzu va maqsadlarni birlashtiruvchi kichik bir vatan hisoblanadi. Oila mustahkamligi oilaning ichki munosabatlari, ularning bir-biriga bo‘lgan muhabbati va hurmatlari, hamda oila a‘zolarining birgalikda ijodiy faoliyat olib borishiga bog‘liq.

Pastdarg‘om tumanida oila institutini yanada rivojlantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ajrimlarni oldini olish va bu borada barqarorlikni taʼminlash maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan FHDYO bo‘limiga nikohdan o‘tish uchun ariza bergan 13 ta nikohlanuvchi juftliklarni 16 soatlik "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" bo‘yicha o‘quv kursida o‘qitilishi ham so‘zimizga misol bo‘la oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora tadbirlari to‘g‘risida" gi 820-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan mazkur o‘quv mashg‘uloti davomida oilaviy munosabatlar, hamjihatlik, o‘zaro bir-birini tushunish kabi masalalar xususida so‘z yuritildi.

O‘quv mashg‘ulotidan so‘ng, 13 ta yosh oila quruvchi juftliklarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Teglar
- -