insurez
07-11-2025 10:20

BIRLASHGAN O‘ZAR...


Shu kunlarda Xonchorbog‘ mahallasiga yo‘lingiz tushsa, u yerda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar va aholi birdamligida olib borilayotgan ishlarga guvoh bo‘lasiz.

Gap shundaki, ayni damda mazkur mahalla ahli birlashib, o‘z yashash hududini yana-da obod qilishga bel bog‘lagan.

Bir yonda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, yo‘llar chetiga piyodalar yo‘laklari barpo etilayotgan bo‘lsa, boshqa tomonda yoshlarni sportga jalb etish maqsadida, zamonaviy sport maydonchasi qurilmoqda.

Aytgancha, bu kabi xayrli ishlarda qabristonlarni obod qilish masalasi ham eʼtibordan chetda qolmagan. yoshu, qari birlashib, ota-bobolarimiz mangu qo‘nim topgan dargohlarni tartibga keltiryapti.

Shuningdek, mahallada joylashgan 7-umumtaʼlim maktabining romlari ham zamonaviylariga almashtirilmoqda.

Ehhe, bu yerda uyushqoqlik bilan bajarilayotgan ishlarni sanasak serob, undan ko‘ra o‘zingiz keling va guvoh bo‘ling.

Bu mahalla fuqarolari, bag‘rikeng va hamjihat Pastdarg‘om elining yaqqol namunasi.

Teglar
- -