BIRINCHI QO'NG'IROQ YANGRADI
Mamlakatimiz bo‘ylab umumtaʼlim maktablarida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Pastdarg‘om tuman hokimi ham 77-umumtaʼlim maktabida tashkil qilingan tadbirda bo‘lib, barchani bilimlar kuni bilan tabrikladi.
Bundan tashqari, maktabni a'lo baholarga tamomlagan bir guruh bitiruvchilar "Eng a'lochi o'quvchi", "Eng yuqori ball bilan o'qishga kirgan o'quvchi" nominatsiyalari bo'yicha, o'qituvchilar esa, "Eng faol sinf rahbari" va "Eng faol o'qituvchi" nominatsiyalari bo'yicha taqdirlandi.
Shuningdek, maktabga ilk qadam qo'yayotgan 1-sinf o'quvchilari uchun Prezident sovg'alari topshirildi.
Tadbirdan so'ng, tuman hokimi tomonidan mazkur maktabning 9-sinf o‘quvchilari uchun mustaqillik darsi o‘tildi.
Ma'lumot uchun, o'tgan o'quv yilida mazkur maktabni 51 nafar 11-sinf bitiruvchilari tamomlagan bo'lib, ularning 3 nafari muddatidan oldin 35 nafari esa DTM asosida davlat oliy ta'lim muassasalariga 13 nafari esa, xususiy OTMlarga o'qishga qabul qilingan.
Shu kabi, tuman hokimi oʻrinbosarlarining har biri bittadan maktabda bo'lib, bunday tadbirlarda ishtirok etib, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlashyapti.