BIRDAMLIKDA RAVON YO‘LLAR
Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib borayotir.
Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, birma-bir taʼmirlanyapti.
Xususan, tashabbusli byudjet loyihasi doirasida ham bir qator mahallalarning ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi.
Galatut mahallasining ahil aholisi ham ushbu ochiq byudjet loyihasida g‘olib bo‘lishgani tufayli, ayni kunlarda mahalla ichki yo‘lining qariyb 2,5 kilometr masofasiga asfalt yotqizildi.
“Stroy-tek” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan mazkur loyiha qiymati esa, 1 milliard 260 million so‘m etib baholangan.
Xuddi shunday O‘rta Charxin mahallasining 1 kilometrdan ortiq qismi ham, tashabbusli byudjet loyihasi asosida asfaltlashtirilgan bo‘lib, qiymati 608 million so‘m bo‘lgan loyiha, "Mega stroy biznes servis" MCHJ tomonidan amalga oshirildi.