insurez
05-04-2025 18:24

BINOLAR SHAHARSOZLIK TAMOYILLARIGA MOS BO‘LSIN


Pastdarg‘om tumani markazi sanalgan Juma shahrini obod qilish, shaharsozlik tamoyillariga mos holatga keltirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunyod etilayotgan bir-biridan mahobatli imoratlar, ravon va yorug‘ yo‘llar so‘zimizga misol bo‘lsa, Eski Juma mahallasida o‘rnatilgan "Juma shahrim - g‘urur faxrim" nomli shior har bir pastdarg‘omlik qalbida o‘zgacha iliqlik va faxr tuyg‘usini jo‘shtiradi.

Biroq, shahrimizning ko‘rki va fayziga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan eski imoratlar, taʼmirsiz binolar va obodonlashtirilmagan hududlarning hamon uchrab turishi taʼbni xira qiladi albatta.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov Samarqand mahallasidagi aynan shu kabi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ishbilarmonlar bilan o‘zlari faoliyat olib borayotgan binolar tashqi qismini taʼmirlash, atrofini tartibga keltirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Shu kabi, hashar tashkil qilgan holda ushbu hududlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekish, gulzorlashtirish va bu yerdan o‘tgan sizot suvlar tarmog‘ini obod qilishga kelishildi.

Teglar
- -