insurez
05-02-2026 17:15

Beshbola va Sinchi mahallalarida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi


Yurtimizda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Davlatimiz rahbarining joriy yilda qabul qilingan 1 va 2-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, mahallalarning umumiy holati, obodonchilik darajasi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi kayfiyati, turmush tarzi hamda ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi. Navbatdagi o‘rganish ishlari Beshbola va Sinchi mahallalarida olib borildi.

Tuman hokimi J. Pardayev tuman prokurori, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va tegishli masʼullar hamrohligida mazkur mahallalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan mahalla nuroniylari va faollari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.

Shuningdek, ichkilikka ruju qo‘ygan, oilaviy muammolari mavjud fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning muammolari o‘rganildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -