insurez
22-03-2025 17:21

BAYRAM MUNOSABATI BILAN FIDOIY XODIMLAR TAQDIRLANDI


Navro‘z - o‘zbek xalqi sevib nishonlaydigan, azaliy va milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassamlagan, mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamda ezgulikni ifodalovchi bayram hisoblanadi.

Bu qutlug‘ kunda yaqinlarni yo‘qlash, bir-birlariga sovg‘alar ulashish xalqimiz uchun go‘zal odat tusiga aylangan.

Sog‘likni saqlash Vazirligi tomonidan Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan bir qator faol xodimlar uchun qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Bugun, Sog‘likni saqlash Vaziri o‘rinbosari tumanimizga tashrif buyurib, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari hamrohligida bayram shodiyonalari munosabati bilan ajratilgan sovg‘alarni o‘z egalariga topshirildi.

Teglar
- -