insurez
04-04-2025 18:20

BARVAQT HARAKAT VA TO‘G‘RI AGROTEXNIKA SAMARASI


Pastdarg‘om tumanidagi B.Ko‘makov MMTP hududida joylashgan K-Eldor ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi g‘alla, paxta va chorvachilikka mo‘ljallangan fermer xo‘jaligi hisoblanadi.

Joriy yilda ushbu fermer xo‘jaligi 150 gektar maydonga POVOLZHSKAYA NIVA navli g‘alla hosilini yetishtirmoqda.

To‘g‘ri parvarish, barvaqt qilingan harakat, mahalliy va boshqa zarur o‘g‘itlarning o‘z meʼyorida berilishi hamda bajarilgan agrotexnik tadbirlar natijasida bugun ushbu yer maydonlaridagi bug‘doy ekini kun sayin gurkuramoqda.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli mutasaddilar hamrohligida qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida, ushbu fermer xo‘jaligida to‘g‘ri parvarishlanayotgan g‘alla ekinlarini ko‘zdan kechirib, fermer xo‘jaligi masʼullari va azamat dehqonlarning mehnatlarini eʼtirof etdi.

Mazkur ekin maydonlaridagi g‘allani parvarishlash jarayoni belgilangan tartibda davom etsa, yuqori hosil olinishi kutilmoqda.

Shu kabi, aql bilan mehnat qilib ter to‘kayotgan, o‘z kasbiga fidoiylik bilan yondashayotgan barcha g‘allakor fermerlar va azamat dehqonlarning hosillariga baraka bersin deb qolamiz!

Teglar
- -