insurez
03-03-2025 15:48

BAHORNING ILK KUNIDAN PASTDARG‘OM ELIDA HASHAR


Yangilanish fasli bo‘lmish bahorning ilk kunida Pastdarg‘om tumanidagi dala-dashtlarda, qishlog‘u mahallarda ishlar ayni qizg‘in pallaga yetgan.

Jumladan, keng ko‘lamli hasharlar tashkil etilib, qabristonlar obod qilinyapti.

Asosiy va ichki ko‘chalarda, ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlarida obodonlashtirish hamda tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari ichki suv tarmoqlarini qazilyapti, betonlashtirilyapti, bo‘sh turgan yer maydonlariga hamda dala chetlariga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar o‘tqazilyapti.

Xalq birdamligida uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotgan bu kabi ishlarga yoshu qari birdek hissa qo‘shish uchun xizmat qilmoqda.

Teglar
- -