BAHOR MFY OBOD BO‘LMOQDA
Xabaringiz bor, birinchi sektor hududidagi eng olis manzillaridan biri sanalgan Bahor mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.
Ushbu xayrli ishlarga tuman mutasaddilari qatori mahallaning yoshu qarisi birdek hissa qo‘shmoqda.
Jumladan, mahalla hududida obodonlashtirish, shag‘allashtirish, ichki suv tarmoqlarini qazish, tozalash, "Yashil makon" loyihasi asosida ko‘chatlar o‘tqazish, mahalla ahlini sog‘lomlashtirish, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, suyultirilgan gaz va elektr taʼminotini yana-da yaxshilash, xonadonlar tashqi qismini tartibga keltirish borasida qizg‘in ishlar olib borilib, ko‘chalar va qabristonlarda hasharlar tashkil etilyapti.
Shu kabi, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bunda ko‘chama-ko‘cha, xonadonma-xonadon yurilib, bajarilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, bu boradagi vazifalar belgilandi.