Aziz pastdarg‘omliklar!
Endi sizning azim poytaxtimiz sanalgan Toshkent shahriga qiladigan safaringiz yanada arzonroq va qulayroq bo‘lishi mumkin.
Gap shundaki, joriy yilning 4 fevralidan boshlab Toshkent - Samarqand - Juma hamda Juma-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Avtobuslar Juma shahridagi “Juma” ABB avtoturargohidan har kuni soat 6:20 dan boshlab, Toshkent shahridagi Avtovokzaldan esa, har kuni soat 13:15 dan boshlab harakatlanadi.
Chipta narxi 65 000 so‘m bo‘lib, ularni avtoticket.uz sayti va «UzBus» mobil ilovasi orqali onlayn tarzda yoki, Toshkent Avtovokzalidagi 9- va 10- kassalardan xarid qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
+998949250550
+998712078700