insurez
19-03-2025 14:00

#Ayni_paytda


Pastdarg‘om tumanida yoshlarni sportga jalb qilish, isteʼdodlarni saralab olish va to‘g‘ri yo‘naltirishga jiddiy eʼtibor qaratilgan.

Albatta sport sohasini rivojlantirishda bu boradagi moddiy texnik bazani yuksaltirish va sportchilar mashg‘ulotlari uchun qulay muhitni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tumanimizda joylashgan 1-IDUMIda yangi sport zali bunyod etildi.

Byudjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 345 million so‘m mablag‘ evaziga qurilgan bu inshoot dzyudo sport turi uchun mashg‘ulotlar o‘tashga mo‘ljallangan.

Bugun, Navro‘z bayrami arafasida ishga tushirilayotgan ijtimoiy soha obyektlari qatorida ushbu sport zali ham bor.

Tantanali ochilish marosimida Respublika Dzyudo federatsiyasi rahbari, Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova, tuman hokimi Sh.Rahmonov, tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar va faollar ishtirok etmoqda.

Teglar
- -