#Ayni_paytda
Tuman Madaniyat bo‘limida Pastdarg‘om tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Qabulda tuman hokimi J.Pardayev, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, soliq inspeksiyasi rahbari, prokuratura hamda masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Hozirga qadar, fuqarolar tomonidan 50 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlar kelib tushdi va tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildiring.
Qabulga tashrif buyurish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar tuman hokimining xizmat telefon raqamiga telegram orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.
998950271071




