#Ayni_paytda
Pastdarg‘om tumanida bozorlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.
Seminarda viloyat hokimi Adiz Boboyev, viloyat prokurori M.Eshnazarov, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, tegishli tashkilotlarning viloyat boshqarmalari boshliqlari hamda viloyatimizdagi barcha tuman, shaharlar hokimlarining birinchi o'rinbosarlari va bozorlar boshqaruvchilari ishtirok etmoqda.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov hamrohligida tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i va tashkilotlar masʼullari seminar ishtirokchilarini kutib olib, tumanimizdagi bozorlarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirmoqda.