insurez
19-03-2025 18:47

#Ayni_paytda


Bugun, Navro‘z bayrami arafasida tuman hokimligi tashabusi bilan homiylar ko‘magi va xalqning birdamligi evaziga zamonaviy ko‘rinish kasb etgan Qoramang‘it mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi ham tantanali tarzda foydalanishga topshirilmoqda.

Juda shinam va chiroyli ko‘rinishga kelgan va har bir xonasi zamonaviy mebellar bilan jihozlangan mahalla binosi endi xalq xizmatida.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar va faollar ishtirok etib, mahalla ahlini yangi maskan bilan muborakbod etdi.

Teglar
- -