#Ayni_paytda
Sazog'on mahallasi hududida Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o‘tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
Qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov va masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Hozirga qadar, fuqarolar tomonidan 50 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlar kelib tushdi va tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildiring.
Qabulga tashrif buyurish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar tuman hokimining xizmat telefon raqamiga telegram orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.
998950271071