insurez
20-03-2025 10:01

#Ayni_paytda


Oltiqahramon mahallasida joylashgan 19-kasbiylashtirilgan yong‘in qutqaruv qismi uzoq yillar avval barpo etilgani sabab anchayin ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan edi.

Shu bois ushbu maskan hashar yo’li bilan qayta qurilib, yangicha ko'rinishga keltirildi va zamon talablariga mos ravishda jihozlandi.

Bugun, Navro‘z ayyomi munosabati bilan mazkur inshoot foydalanishga topshirilmoqda.

Tantanali ochilish marosimida Favqulodda Vaziyatlar Vaziri o'rinbosari S.Zufarov, tuman hokimi Sh.Rahmonov, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, nuroniylar va faollar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, yangi bino ishga tushurilishi sharafiga unda faoliyat olib boruvchi xodimlar uchun Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tomonidan yangi zamonaviy ISUZU rusumidagi maxsus o't o'chirish avtomobili kaliti topshirildi.

Tadbir doirasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida ko'chatlar o'tqazilyapti, qo'y so'yilib, duolar qilinyapti.

Teglar
- -