insurez
19-05-2025 13:42

#ayni_paytda


Ma'lumki, Pastdarg‘om tumanidagi foydalanilmasdan turgan obyektlar, bo‘sh turgan binolar va kam quvvatda ishlayotgan korxonalar faoliyatini yaxshilash maqsadida, "Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha" Shtab tashkil etilgan va bu borada tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.

Mazkur Shtabga viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi, tijorat banklari va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan masʼullar biriktirilishi hamda tadbirkorlik subyektlariga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun qonun doirasida ko‘maklashish vazifalari belgilangan. 

Ayni paytda, tuman hokimi Sherzod  Rahmonov shtab aʼzolari va tegishli masʼullar hamrohligida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan muhokama o‘tkazmoqda.

Muhokamada, o'rganilayotgan har bir korxonaning loyihalari va maqsadlari bilan tanishish barobarida, muammo, takliflari hamda ularning yechimlari xususida so‘z yuritilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa, yangi loyihalarni ishga tushirish va bu orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdan iboratdir.

Teglar
- -