AHOLIGA QULAYLIK UCHUN "TO‘SIQSIZ YO‘LAKLAR" BUNYOD ETILMOQDA
Yurtboshimizning joriy yildagi 1-sonli qarorida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida "Xavfsiz yo'laklar" tashkil etish belgilangan.
Shunga ko'ra, Pastdarg‘om tumanida aholiga qulaylik yaratish va piyodalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida turli dastur hamda hashar yo‘li orqali "to‘siqsiz yo‘laklar" piyodalar yo‘lakchalari barpo etilmoqda.
O‘tgan 2024-yildagi so‘ngi 6 oyning o‘zida qariyb 17 kilometr masofadagi "to‘siqsiz yo‘laklar" qurib bitkazildi.
Bu boradagi marralar joriy yil uchun ancha yuqori olingan bo‘lib, ayni paytda ishlar qizg‘in tus olgan.
Jumladan, Qatorterak mahallasidan o‘tuvchi "Buyuk Ipak yo‘li" ko‘chasida 2 kilometrdan ortiq masofaga "to‘siqsiz yo‘lak" bunyod etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda qurilish ishlari jadal suratda davom etmoqda.
Umuman olganda, aholiga qulaylik yaratish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, nafaqat Juma shahri bo‘ylab, balki tumanimizning barcha hududlaridagi asosiy ko‘chalarda piyodalar yo‘lakchalari qayta qurilmoqda.