AHOLI SALOMATLIGI MUHIM MASALA
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tibbiyot birlashmasining bugungi holati, xodimlar ish faoliyati, xizmat ko‘rsatish sifati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Bunda, binolar atrofi, xonalar holati, obodonchiligi, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, qulayliklar, davolash tartibi, muolajalar jarayoni kabi biri qator masalalar bo‘yicha o‘rganish olib borildi.
Shuningdek, mutasaddilardan sergaklik va masʼuliyatni yana-da oshirish, o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaramaslik xususida ko‘rsatma, topshiriqlar berildi.
Shu qatorda, aholiga tibbiy sohani yana-da yaqinlashtirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, birlamchi tizim faoliyatini yaxshilash, mutaxassislar mahorati va bilim darajasini yuksaltirish, fuqarolar salomatligini saqlash hamda ularni sog‘lom hayotga targ‘ib qilishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.