insurez
23-05-2024 10:09

Aholi muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal etish


🔘 Aholi muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal etish maqsadida  Pastdarg‘om tumani 4-sektor rahbari F. Nizomovning Besh Nayman mahalla fuqarolar yig‘inida sektor aholisi uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar elektr energiyadagi muammolar, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, soliq va kommunal to‘lovlarni hisoblanishi  kabi masalalar yuzasidan mutasaddilarga murojaat qilishdi. 

Mazkur muammolarning ba’zilari joyida hal etildi. Vaqt va mablag‘ talab etiladigan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Teglar
- -