insurez
06-09-2025 14:23

5 nafar pastdarg‘omlik faol nuroniylar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoniga loyiq ko‘rildi


O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining shu yil 28-iyuldagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, turli sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi yurtdoshlarimizlardan bir guruhi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular orasida pastdarg‘omlik faol nuroniylardan Musurmon G‘afforov, Tolib Mallayevlar I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan, Shahriddin Pirnazarov, Ubaydulla Xolmuratovlar II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan, Said Omonov esa III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Nuroniylarimizni ushbu eʼtirof bilan tuman hokimligi va butun jamoatchilik muborakbod etadi!

Teglar
- -