insurez
13-02-2025 16:26

#3Topshiriq_va_ijro


DALALARDA ISH QIZG‘IN

Tuman hokimi tuman prokurori, tuman hokimining tegishli o‘rinbosari va qishloq xo‘jaligi masʼullari hamrohligida hududlar bo‘ylab o‘rganish olib borgani, o‘rganishlar davomida fermer xo‘jaliklari raislari bilan joylarda muhokamalar o‘tkazgani va bir qator muhim masalalar yuzasidan tavsiya, ko‘rsatmalar bergani xususida xabar qilgan edik.

Shuningdek, ushbu uchrashuvlarda dala cheti madaniyati va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar o‘tqazish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, bu boradagi vazifalar belgilangan edi.

Mazkur topshiriqlarga asosan ko‘plab fermer xo‘jaliklarida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Rasmlarda "Ravot zamini saxovati", "Turkman bobo", "Gulhayo Dilnoza", "Bog‘i baland barakasi" va "Do‘stmurod chorva" fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilgan ishlar aks etgan.

Bu kabi ishlar hududlar bo‘ylab barcha fermer xo‘jaliklarida davom etmoqda.

Teglar
- -