insurez
25-05-2024 09:35

🔔 25-may umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun hayajonli va unutilmas kun


💠 Tuman hokimi maktab bitiruvchilariga prezident tabrigini o‘qib eshittirdi.

🔔 25-may umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun hayajonli va unutilmas kun sanaladi. Chunki shu sanada mamlakatimizning barcha ta’lim maskanlarida tantanali ravishda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri o‘tkaziladi. Shunday unutilmas onlarga boy tadbirlar bugun Pastdarg‘om tumanining barcha maktablarida bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, tumandagi 21-umumiy o'rta ta’lim maktabida "Ilm - saodat kaliti" shiori ostida o'tkazilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, barcha bitiruvchilarga katta hayot yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Teglar
- -