insurez
17-01-2026 13:58

MAHALLALAR TASHABBUSI BILAN...


Pastdarg‘om tumanida mahallalar infratuzilmasi va aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman hokimligi ilgari surgan taklifga asosan, mahallalar o‘z tashabbuslari va fuqarolar hamjihatligida hududlar obod bo‘lishiga hissa qo‘shib boryapti.

Xususan, Mustaqillik mahallasida o‘tgan yilning o‘zida,

3 ta qabristonda tilovatxonalar va beton yo‘laklar barpo etilib, Shakartepa qabristoni devor bilan o‘rab olindi.

40 dona simyog‘och o‘rnatilib, 2 kilometr masofaga havo elektr tarmoqlari tortildi.

2 kilometr ichki suv tarmoqlari va 1,5 kilometr drenaj tarmoqlari qazib, tozalandi.

1,5 kilometr masofadagi ichki yo‘llar shag‘allashtirildi.

mahalla hududidagi suv inshooti qayta taʼmirlandi.

3 kilometr ichki suv tarmoqlari betonlashtirildi.

ushbu hududdagi 100-maktab butkul qayta taʼmirlanishi barobarida, 104-maktab uchun yangi zamonaviy sport zali bunyod etildi.

Mahalla maʼmuriyati tashabbusi va aholi birdamligida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar davom etmoqda.

Teglar
- -