insurez
04-02-2026 17:11

15 SOTIXDA BARPO ETILGAN MUVAFFAQIYAT


Shombuloq mahallasida yashovchi Ruxsora Tirkasheva turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda bir necha yil Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida kam maoshga mehnat qilgan. 

Vatanga qaytib kelgach, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, xonadon hovlisining 15 sotix qismida qulupnay yetishtirishni boshladi.

Bugungi kunda mazkur faoliyat samarasi o‘laroq 200 million so‘mdan ortiq daromad qo‘lga kiritilmoqda.

Tuman hokimining o‘rinbosari N. Qorayeva fuqaro xonadonida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda tadbirkorlik faoliyati natijalari bilan yaqindan tanishdi.

Teglar
- -