1000 TUP KO‘CHAT O‘TQAZILDI
Pastdarg‘om tumanidagi barcha hududlarda "Yashil makon" loyihasi asosida ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda.
Bu kabi ezgu ishlarga korxona-tashkilotlar masʼullari, mahalla xodimlari, faollar va aholi vakillari birdek hissa qo‘shib borayotir.
Jumladan, Bahor MFYdagi bo‘sh turgan yer maydoniga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan 1000 tup mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi.
Hurmatli tumandoshlar, o‘zimiz yashayotgan hududni yashil makonga aylantirishda barchamiz faol bo‘laylik.




