Aholini ro‘yxatga olish varaqasini ishlab chiqish

 

Ro‘yxatga olish varaqalarini ishlab chiqishda foydalanuvchilarning statistik ma’lumotlarga ehtiyojlari, ro‘yxatga olishni o‘tkazishga qo‘yiladigan ma’muriy talablar, ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq talablar, shuningdek, aholining hususiyatlari hisobga olinadi. Ro‘yxatga olish ko‘pincha ma’lumotlarni to‘plashning bir necha usullari yordamida o‘tkazilishi sababli, ro‘yxatga olish varaqalarini turli xil ma’lumotlarni yig‘ish usullari doirasida qo‘llashga yaroqliligini sinovdan o‘tkazish kerak. Savolnomada respondetlarning lozim darajada qamrab olinishini taminlashga qaratilgan elementlar bo‘lishi kerak (masalan, kim hisobga olinishi kerak, kim esa yo‘q, ro‘yxatga olish qayerda o‘tkazilishi kerak). Ushbu elementlarni tekshirish uchun so‘rovda qatnashgan respondetlar yig‘indisi uchun taalluqli bo‘lgan turli xil vaziyatlarni yetarlicha qamrab oladigan sifatli sinov o‘tkaziladi. Mazmun-mohiyatidan ro‘yxatga olishdagi sifatni ta’minlash usullari tanlab olinuvchi kuzatuvlarda qo‘llaniladiganlariga o‘xshashdir. Savollar nafaqat umumiy aholi, balki ayrim savollar yo‘naltirilgan yoki aholida tashvishga soladigan (masalan, keksalar, yolg‘iz yashovchilar va o‘z tilida qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganlar) respondetlarning muayyan guruhlari uchun tushinarli bo‘lishi va to‘g‘ri talqin qilinishini taminlash uchun sifatli test va kognitiv savollarni nazarda tutish muhimdir.

Yangi texnologiyalar bosma ko‘rinishidagina nisbatan imkoniyatlari kengroq bo‘lgan Internet savolnomalarini tatbiq qilish imkonini beradi. Ulardan foydalangan holda javoblarni taqdim etish qamrov nuqtai nazaridan sifatni oshirish mumkin. Shuningdek, ular nomuvofiqliklarni aniqlashga imkon beradi va ularni tuzatish yoki javoblarni tasdiqlash ular respondetlarga yo‘naltiradi. Internet-savolnomalarining tartibi vizual dizayni bosma ko‘rinishidan farq qiladi. Bu qog‘oz va elektron versiyalar o‘rtasidagi faktlar tufayli yuzaga kelishi mumkun bo‘lgan tafovutlarni minimallashtirishga alohida e’tibor berishni talab qiladi. Shunga ko‘ra, bu ro‘yxatga olish varaqasini sinovdan o‘tkazish dasturida e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan muhum masala hisoblanadi.

Ro‘yxatga olish varaqasini tuzishda alohida bir qiyinchilik shundan iborat bo‘ladiki, bir vaqtning o‘zida uni elektron savolnomalarda bo‘lgani kabi qulay qilish – respondetlar uchun to‘liq ochiq bo‘lishi va uning keyingi qayta ishlanishi, ayniqsa ma’lumotlarni kiritish va kodlash bo‘yicha operatsiyalar bilan bog‘liq talablarga javob berish zarur bo‘ladi. Shunga qaramay, ushbu parametrlarning yakuniy versiyasi sinov dasturi doirasida qabul qilinishidan oldin yaxshilab tekshirilishi muhim.

Zikr etilgan barcha hollar bo‘yicha  sinovdan o‘tkazish kichik hajmda (sifatli tekshiruv), so‘ngra keng miqyosida respondetlar salmoqli miqdorini jalb qilgan holda o‘tkazilishi kerak. Keng miqyosli sinovlar sifatli tekshiruvda aniqlab bo‘lmaydigan bir qator potensial muommolarni aniqlashi mumkin. Bunday sinov, shuningdek, bo‘lingan tanlab olishdan foydalanib, savolnomani joylashtirish va dizaynini yaratishning turli xil imkoniyatlarini taqqoslash imkonini beradi. Keng ko‘lamli sinovdan o‘tkazish, shuningdek, so‘rovnomaning boshqa ro‘yxatga olish ishlari talablariga (masalan, ma’lumotlarni yig‘ish, kiritish va kodlash) qay darajada javob berishini baholashga yordam beradi.

 

2015-2024 © Хокимият Пастдаргомcкого района. Разработан в: SAKTRM