ZIYORATGOH OBOD ETILADI
Erta tongdan Oshiq ota ziyoratgohida tuman hokimi, tumandagi barcha huquq tartibot sohasi idoralarining rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari, faollar va tuman bosh imom-xatibi boshchiligidagi hoji otaxonlar hamda nuroniylar to'planishdi.
Uchrashuvda ushbu ziyoratgohni yanada obod qilish, olib borilayotgan obodonlashtirish, gulzorlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlarini qizg‘in davom ettirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.
Shuningdek, tumandagi barcha qabriston va ziyoratgohlarda uyushqoqlik bilan hasharlar tashkil qilish, ajdodlarimiz qo'nim topgan muqaddas dargohlarni so'lim, obod go'shaga aylantirish xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, xayrli ishlar avvalidan qurbonlik keltirildi va elga omonlik tilab duoga qo‘l ochildi.