ZAKOVAT - INTELLEKTUAL BILIMLAR BELLASHUVI
Pastdarg‘om tumanida umumtaʼlim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Zakovat intellektual o‘yini"ning tuman bosqichiga start berildi.
Qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarda tumandagi jami 128 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarining faol o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.
Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni 72-maktab, 2-o‘rinni 36-maktab, 3-o‘rinni esa, 83-maktab jamoalari egallab, musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.