insurez
21-02-2026 16:20

YOSHLAR UCHUN "MEHNAT YARMARKASI"


Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilgan ishsizlik xatlovi natijasida aniqlangan 739 nafar ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida, viloyat hokimining o'rinbosari, DXX viloyat boshqarmasi, tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar hamkorligida, Balxiyon MFYda joylashgan “SAMARQAND KAMALAK INVEST TEKSTIL” MCHJ binosida “Yoshlar mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.


Unda tumanimizda faoliyat olib borayotgan 18 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 350 dan  ziyod mavsumiy, doimiy bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

1000 nafardan ortiq yoshlar kelib qiziqish bildirgan yarmarkada mehnat bozoriga kirib keluvchi bitiruvchilar, ishsiz yoshlar, band bo‘lmagan xotin-qizlarga yuqoridagi mavsumiy va doimiy bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish takliflari berildi.

Ishlash istagida bo‘lgan 83 nafar yoshlarga turli sohalardagi korxona va tashkilotlarning takliflari maʼqul kelib, ish jarayoniga yo‘naltirildi hamda shundan 9 nafari shu kunning o‘zida ishga joylashtirildi.

Bundan tashqari 11 nafar fuqarolarga kasb-hunar o‘rganish bo‘yicha imtiyozli vaucherlar berilib, o‘quv jarayonlariga jalb etildi.

Teglar
- -